Azot generatorlari

Inmatec kompaniyasining azot generatorlari yordamida azotni joyida ishlab chiqarish


Azotning tozaligi 95% va 99,999% (5,0). shuningdek, 99,9999% (6,0) o‘rtasida

N2 Logo

Azot generatorlari xarajatlarni kamaytiradi va ishlab chiqarishdagi to‘xtab qolishlardan himoya qiladi

Azot sanoatning ko‘plab sohalarida qo‘llaniladi. Toza azotning uzluksiz ta’minoti bir qator jarayonlarda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, siz uchun xarajatlarni iloji boricha past miqdorda saqlab qolish ham muhimdir. Xo‘sh, sizning kompaniyangizda xarajatlarni barqaror ravishda tejash uchun zamin yaratilganmi?

Azotni joyida ishlab chiqarish xarajatlaringizni sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi va bu qimmatga tushadigan silindrlar va qadoqlarga qaraganda tejamkor muqobil variant hisoblanadi. Ob’yektingizda atrof-muhit havosidan arzon azot ishlab chiqarish, odatda, qisqa vaqt ichida investitsiya xarajatlaringizning amortizatsiyalanishiga olib keladi va bu bilan u kompaniyangiz muvaffaqiyatiga hissa qo‘shadi.

Azotni joyida ishlab chiqarish sizni yetkazib berishdagi yetishmovchiliklardan va ishlab chiqarishdagi to‘xtab qolishlardan himoya qiladi. Xususan, chekka yoki yetib borish qiyin bo‘lgan joylarda, kopincha, suyuq azot bilan ta’minlash imkonsiz. Ob’yektning o‘zida N2 ni ishlab chiqarish siz dunyoning qayerida bo‘lishingizdan qat’iy nazar har doim azotning uzluksiz ta’minlanishini kafolatlaydi.

Inmatec azot generatorlari tozaligi 99,9999% (6,0) gacha bo‘lgan azotni kerakli miqdorda ishlab chiqaradi. Innovatsion va kelajakka yo‘naltirilgan texnologiyalar bilan jihozlangan N2 generatorlarimiz eng yuqori sifat standartlariga javob beradi. Zamonaviy masofadan boshqarish texnologiyasi tufayli qurilmaning barcha ishlash qiymatlarini istalgan vaqtda masofadan turib tekshirish va boshqarish mumkin. Bu ishlab chiqarish jarayonlaringiz xavfsizligini ham ta’minlaydi.

 

PSA (bosim o‘zgarishini adsorbsiya qiluvchi) generatorlari

PSA generatorlari

Normal sharoitda 0,40 m³/soatdan 10,000.00 m³/soatgacha azot ishlab chiqaradi, azotning tozalik ko‘rsatkichi 95% dan 99.9999% (6.0) / 1 milliondan bir gacha.

Membranali generatorlar

Membranali generatorlar

Normal sharoitda 0,14 m³/soatdan 10,000.00 m³/soatgacha azot ishlab chiqaradi, azotning tozalik ko‘rsatkichi 95% dan 99,5% gacha.

Inmatec (O‘zbekistonda) azot ishlab chiqarish va azot generatorlari bo‘yicha ekspert hisoblanadi

INMATEC azot va kislorod generatorlarini yetakchi ishlab chiqaruvchisi sifatida dunyo bo‘ylab 8500 dan ortiq zavodlarni ornatish tajribasiga egadir. Biz sizga nafaqat maslahatlashuvlar va zavodingizni ornatish bosqichida, balki mavjud liniyalaringiz tizimida xomashyoni konveyerga uzatish bilan bog‘liq holatlarda ham ko‘mak beramiz.

Azotning tozaligi 5,0 va 6,0
N2 Logo

Azotning tozaligi 5,0 va 6,0

Kerakli azot tozaligi foydalanish maqsadiga bog‘liq. Binobarin, foydalanish maqsadiga qarab toza, yuqori toza yoki o‘ta yuqori tozalikdagi azotdan foydalaniladi. Shu nuqtai nazardan, azot tozaligi azotning jami moddalar aralashmasidagi ulushini ko‘rsatadi. Inmatec generatorlari tozaligi 99,9999% (6,0) gacha bo‘lgan azot ishlab chiqaradi.

5,0 azotning tozaligi 99,999% ni tashkil qiladi. Ushbu yuqori tozalikdagi gaz tarkibida 10 ta milliondan bir ulushdagi (milliondan bir qismlar) kislorod qoldig‘i mavjud.

6,0 azot o‘ta yuqori tozalikdagi gaz bo‘lib, uning tarkibida 1 ta milliondan bir ulushdagi (1 ta milliondan bir qism) qoldiq kislorod mavjud va uning tozaligi 99,9999% ni tashkil etadi.

PSA texnologiyasi

IMT PN va IMT PNC seriyalardagi azor generatorlari bosim o‘zgarishini adsorbsiya qilish) texnologiyasi (PSA) asosida ishlaydi. Shu nuqtai nazardan, adsorbsiya tamoyili bo‘yicha siqilgan havo ikkita adsorbsiya idishiga bosiladi. Idishlarning har biri kislorod va uglerod dioksid molekulalari birikkan uglerod molekulyar filtri bilan to‘ldiriladi. Erkin azot molekulalari mahsulot idishiga yo‘naltiriladi. Bu keng kolamdagi foydalanish maqsadlari uchun ishlatilishi mumkin bolgan uzluksiz azot oqimini hosil qiladi. Generatorlar soatiga 0,50 dan 10000,00 m³ gacha azot ishlab chiqarishi mumkin va ba’zi hollarda, bundan ham ko‘proq.

PSA texnologiyasi, ayniqsa, 6,0 (99,9999% / 1,0 ta milliondan bir ulushdagi qoldiq kislorod) gacha yuqori tozalikdagi azot ishlab chiqarish imkonini beradi.

Membrana texnologiya

INMATEC kompaniyasining IMT SN/MN/LNX seriyali azot generatorlari membrana texnologiyasi asosida ishlaydi. Atrof-muhitdagi havo generatorlarning g‘ovak tolali membranalar orqali bosim bilan o‘tadi. Shu nuqtai nazardan, membrana u orqali suv bug‘lari, kislorod, azot, asl gazlar va karbonat angidridning turli tezliklarda diffuziyalanishini ta’minlaydi. Buni ularning turli molekulyar tuzilishlari belgilab beradi. Ushbu turli darajadagi diffuziyalanish yordamida azot molekulalarini kislorod va boshqa molekulalardan osongina ajratish mumkin.

Ishlab chiqarilgan azotning tozaligini bosim va ishlatiladigan atrof-muhit havosi miqdori bilan osongina boshqarish mumkin. Membrana texnologiyasi tufayli azotni normal sharoitlarda soatiga 0,14 dan 10 000 m³ gacha miqdorda hatto juda past darajada siqilgan havo sharoitida ham olish mumkin.

Azotdan foydalanish maqsadlari

Sertifikatlangan generatorlar

Inmatec azot generatorlari va kislorod generatorlari turli xil sifat menejmenti standartlari talablariga muvofiq yaratilgan va ishlab chiqarilgan:

Certifications

 

Bizning azot generatorlarimiz haqida
ko‘proq ma’lumot olishni xohlaysizmi?

Azot generatorining afzalliklari

Azot generatorining afzalliklari
  • Azot ishlab chiqarish togridan-togri ob’yektning o‘zida amalga oshadi
  • Dunyoning istalgan nuqtasida azotning uzluksiz ta’minoti
  • Istalgan vaqtda xohlagancha azot olish imkoniyati
  • Statsionar va mobil
  • Silindrlarga nisbatan arzonroq narxlar
  • Ekologik toza
© All rights reserved